Piyozli gʻori
From Underfoot
Piyozli gʻori — Piyozli togʻining janubiy yon bagʻrida, urtacha 1020 m, togʻ etagidan 200 m balandliqda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻor ogʻzi yarim doira shaklida, eni 3 m, balandligi 1 m dan ziyod. P.gʻ. tuzilishi murakkab, bir nechta yoʻlak, yoʻlakchalar, baʼzan eni 6 m gacha boʻlgan xonalardan iborat. Balandligi 1,2—2,0 m, baʼzi joylarda 21 m gacha. Yulak va xonalardan har tomonga odam kira olmaydigan kavaklar tarqalgan. Sahnida tosh parchalari uyumlari, hayvon suyaklari, shipi va devorlarida esa kalsit mi-neralidan tashkil topgan uzum boshini eslatuvchi oqiklar uchraydi. Gʻor ich-karisida suv tomchilari kuzatiladi. Gʻor ichidagi temperatura 12°, nisbiy namlik 89% (iyunda).