Gʻunjak gʻori

From Underfoot




Gʻunjak gʻori — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi gʻor. Turitogʻning janubiy yon bagʻrida, 620 m balandlikda joylashgan. Devon davriga oid ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi Turitogʻning yon bagʻrida. Gʻunjak gʻori ichida, marmar oniksini qazib olish maqsadida, portlash ishlari natijasida vujudga kelgan shtolnya mavjud. Shtolnya orqati gʻor xonasiga kiriladi. Xonadan gʻorning katta xonasiga boruvchi yoʻlakcha boshlanadi. Katta xona gumbaz shaklida boʻlib diametri taxminan 20 m, balandligi 15 m. Katta xonaning shiftida yer ustiga chiqiladigan boʻshliq bor. Katta xonada kaltsiy va aroganit minerallaridan stalaktit va stalag-mitlar hosil boʻlib, baʼzi joylarda tutashib ustunlar hosil qilgan. Katta xonadan pastga tomon yoʻlakchalar tarqalgan. Gʻorning katta xonasidagi temperatura 15°, nisbiy namlik 40%. Gʻorning umumiy uzunligi 90 m, maydoni 404 m2, hajmi 3,6 ming m3dan ziyod.

Wikidata
caveQ265


Location: KML, Cluster Map, Maps,

      TypeSubtypeDateDescriptionNotesSource